Bozor islohotlari
Bozor islohotlari — davlatning bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibny qismi. Bozor islohotlari totalitar rejali iqtisodiyot hukmron boʻlib kelgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida tub oʻzgarishlarga olib keladigan bir qancha yoʻnalishlarda olib boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari oʻzgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga egalikqilish, xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirish, yerni turli mulk obʼyektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish, tomorqa xoʻjaligini kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish choratadbirlari oʻtkaziladi. Agrar islohotlar pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga moye keladigan agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari. Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish, byudjet tuzilmasini oʻzgartirish, pul islohotini oʻtkazish, tijorat banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek yangicha valyuta munosabatlariga oʻtish maqsadlarini koʻzlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi intlar (muassasa, tashkilot, idoralar)ni tashkil etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast kompaniyalari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, auditorlik firmalari kabilar kiradi.Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari. Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iktisodiyotiga qoʻshilishini taʼminlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish, chetga kapital, ish kuchi chiqarish va boshqalarga oid choratadbirlar kiradi. Sotsial (ijtimoiy) islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy etish, pensiya, sotsial sugʻurta fondlari, turli xayriya jamgʻarmalarini uyushtirishga taalluqli choratadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Bozor islohotlari bir butun majmua boʻlib, ular ijtimoiy va iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlari ning umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab turlicha kechadi.
Oʻzbekistonda Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga oʻtishdagi Oʻzbekiston modelining umumiy va xususiy jihatlarini hisobga olgan holda oʻtkazilmoqda. Oʻzbekistonda Bozor islohotlari 1991-yildan — Mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng boshlangan. Prezident I.A. Karimov asoslab bergan besh tamoyil Bozor islohotlari strategiyasi va taktikasining konseptual asosini tashkil etadi. 1991-yildan 1994-yilning oʻrtalarigacha davom etgan Bozor islohotlari birinchi bosqichida islohotlarning huquqiy negizi yaratildi, kichik xususiylashtirish amalga oshirilib, mahalliy sanoat, savdo-sotiq, maishiy xizmat sohalari davlat tasarrufidan chiqarildi, iqgisodiyotning nodavlat sektoriga asos solindi. 1994-yilda nodavlat sektorida milliy daromadning 53% yaratildi. Bu bosqichda agrar sektorni isloh qilish shaxsiy xoʻjaliklarga yer berish, xoʻjaliklarda fermerlashtirish shaklida yuz berdi. Davlat narxlaridan sekin-asta erkin bozor narxlariga oʻtildi, bozor infratuzilmasi shakllantirildi, boshqarishning iqtisodiy usuliga oʻtila boshlandi. Ijtimoiy islohotlarning dastlabki bosqichida barchani qimmatchilikdan himoya qilish, soʻngra muhtoj oilalarni himoya qilish choralari qoʻllandi.
Bozor islohotlari ning ikkinchi bosqichi 1994-yil oʻrtalaridan 1997-yil oʻrtalarigacha davom etdi. Bu bosqichda mulkni xususiy lashtirish davom ettirildi, oʻrta va yirik korxonalar ham davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning koʻpchiligi ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1997-yil kelib iqtisodiyotning nodavlat sektorida milliy daromadning 67% yaratildi, milliy pul — soʻm muomalaga kiritildi (1994-yil 1-iyul) va yagona toʻlov vositasi deb eʼtirof etildi, uning mamlakat ichidagi konvertatsiyasi taʼminlandi.
Bozor islohotlari ning uchinchi bosqichi 1997-yil oʻrtalaridan boshlanib, u yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish, qishloqda paychilik mulkiga oʻtish, xorij investitsiyalarini faol jalb etish, iqtisodiyot subʼyektlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish, dehqon xoʻjaliklarini yangicha tashkil etish, kichik va oʻrta biznesni mustahkamlash, qimmatli qogʻozlar bozorini kengaytirib, unga xorij kapitalini jalb etish xabi ustuvor choratadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Adabiyotlar
Ahmadjon Oʻlmasov.
uz.wikipedia.org