Bo'znoch




BOʻZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 40—45 sm, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq boʻlib, poya uchida murakkab qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sentabrgacha gullaydi. Togʻ yon bagʻirlaridagi qiyaliklarda oʻsadi. Poyasi, bargi va gullarida efir moylari, oshlovchi moddalar, shuningdek karotin, S vitamin, stearin, flavonoid kabi moddalar bor. B. gullaridan tayyorlangan qaynatma jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. B.dan sariq boʻyoq olinadi. B. kiyim-kechaklarni kuyadan saqlashda ham ishlatiladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz