BO’ZNOCH



BO’ZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t. Bo’yi 40-45 santimetr, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq bo’lib, poya uchida murakkab qalqonsimon to’pgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sentabrgacha gullaydi. Tog’yon bag’irlaridagi qiyaliklarda o’sadi. Poyasi, bargi va gullarida efir moylari, oshlovchi moddalar, shuningdek karotin, S vitamin, stearin, flavonoid kabi moddalar bor. Bo’znoch gullaridan tayyorlangan qaynatma jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bo’znochdan sariq bo’yoq olinadi. Bo’znoch kiyim-kechaklarni kuyadan saqlashda ham ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz