Bo‘zchilik




Boʻzchilik — boʻz toʻqish kasbi. Eng oddiy yogʻoch toʻquv dastgohi (qoʻl doʻkon) ning yaratilishi bilan (taxminan miloddan avvalgi 6— 5-ming yillik) paydo boʻlgan. Jamiyatda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi bilan oilada shugʻullanilgan B. alohida kasb tarmogʻiga aylandi hamda shahar, qishloqlarda keng tarqaldi. B. kasbini egallash "ustozshogird" usulida amalga oshirilgan. Shogirdlar (asosan 12—13 yoshli oʻsmirlar) hunarni puxta oʻzlashtirguncha ustozining oilasida yashab, doʻkonida maoshsiz ishlagan. B.ni puxta egallab olgach, 1—2 yil ustasiga ishlab bergan, soʻng ustozidan fotiha olib, mustaqil ishlagan. 20-asr boshlarida Turkiston bozorlariga fkada toʻqilgan ipgazlamalarning koʻplab keltirilishi B.ni sinishiga olib keldi. 20- yillarda B. sanoat arteli shaklini olgan. 30- yillarda toʻqimachilik sanoati rivojlanishi tufayli B. kasbi yoʻqolib ketdi (yana qarang Toʻqimachilik).

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz