BO’ZA



BO’ZA — tariq, oqshoq, arpa, suli va bug’doy kabi donlardan tayyorlanadigan, kayf beradigan ichimlik. O’rta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan buyon Bo’za tayyorlagan. Masalan, tarikdan quyidagi usulda Bo’za tayyorlangan: tariq ivitilib, xaltaga solinadi va issiq joyga (ko’pincha kepakka ko’mib) qo’yiladi. Tariq dimlanib yetilgach, maysalagach, o’g’irda yanchiladi, keyin xumga solib achitiladi va dokadan o’tkazilib boshqa idishga solinadi, tingach, ichishga tayyor bo’ladi. To’yimli va foydali chanqovbosar ichimlik hisoblanadi. Tarkibida 4-6% etil spirta, oqsil, yog’, vitaminlar, mineral moddalar bor. Bolqon mamlakatlari, Kavkaz, Turkmaniston, Qirg’izistonda sanoat usulida ishlab chiqariladi va ko’p iste’mol qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz