BO’Z QOG’ON (7-asr) to’qqiz o’g’uzlar (uyg’urlar) rahbari. 682-693 yillari hukmronlik qilgan Sharqiy turk qog’oni Kutluq (Elterish) ning zamonida shuhrat topgan. Qutlug’qog’on ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan. Tavg’ochlar (xitoylar) zulmidan qutulgach, Qutluq o’z qo’shinini Urxun daryosi havzasiga olib kelgan. Bu yerda Bo’z qog’on boshliq uyg’urlar o’rnashib olgan edi. Bu haqda Kultegin bitiklarivya ham ma’lumot bor. Turklar Bo’z qog’onni xitoylar kabi dushman deb hisoblashgan. Turklarning 5000 kishilik qo’shini uyg’urlarni tormor keltirib, Bo’z qog’onni o’ldirgan. “Baz” yoki “buz” so’zi — qadimgi turkiy tilda “o’zga yerlik kishi”, “begona kishi” degan ma’noni anglatadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish