Bo‘z (dasht)




Boʻz  — Markaziy Fargʻonaning sharqiy qismidagi dasht. Andijan viloyati hududida. Relyefi tekis, botqoq, shoʻr yerlardan iborat. Maydoni 110 km² chamasida. taxminan 4000 ga yer shoʻrxok. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3°, minimum temperatura —26°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, maksimum temperatura 40°. Vegetatsiya davri 240 kun. Yillik yogʻin miqdori 100-150 mm. Yogʻinning 35% dan ortigʻi dekabr— fevralga toʻgʻri keladi. Boʻz hududida oqar suv yoʻq. Tuprogʻi sugʻoriladigan oʻtloqi, oʻtloqibotqoq va shoʻrxok tuproqlardan iborat. Qamish, beda, shoʻra oʻsadi, ahyonahyonda butalar uchraydi. Ekinzor va bogʻlar Katta Fargʻona, Oxunboboyev nomli kanallardan sugʻoriladi. Boʻzning oʻzlashtirilgan yerlarida Andijon viloyatining Boʻz tumani, qisman Fargʻona viloyatining Oxunboboyev, Oltiariq tumanlari joylashgan. Aholi paxtachilik, sabzavotchilik, bogʻdorchilik va qisman sholikorlik bilan shugʻullanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz