BOYZOQOV ISO



BOYZOQOV ISO (1900.3.10, Pavlodar viloyati Ertis tumani — 1946.3.9, Olmaota) — qozoq xalq oqini, bastakor. Toshkentdagi qozoq qirg’iz maorif instituti (inpros)da o’qigan (1924). Bu yerdagi havaskorlar to’garagida qatnashib, “Qizil bug’doy”, “Yoshlarga” kabi ashulalar yozgan. Uning “Quralay suluv” (1925), “Cho’pon ertagi” (1926), “O’n bir kun va o’n bir tun” (1938), “Oltoy etaklarida” (1939), “Kavkaz” (1941), “Oqbo’pa” (1945) kabi dostonlarida insonparvarlik, sevgiga sadoqat, mehroqibat g’oyalari tarannum etilgan. Boyzoqov haqida N. Anov “Qo’shiq qanoti” (1956) nomli roman yozgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz