BOYTO’RAYEV NORMAMAT



BOYTO’RAYEV NORMAMAT (1950, Bandixon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDUning fizika fakultetini tugatgan (1972). 1972 yildan Bandixon tumanidagi 1-maktab fizika o’qituvchisi. Boyto’rayev fizika fanini o’qitishda boshqa fanlar va mahalliy materiallar, yangi pedagogik texnologiyalar va o’qitishning zamonaviy ilg’or usullaridan samarali foydalanib, o’quvchilarga puxta bilim berishga intiladi. “O’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda fizika fanining tutgan o’rni”, “Fizika darslarida muammoli ta’limni amalga oshirish” masalalarini ishlab chiqqan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz