BOYTEMIROV NASIRDIN (1916, Chu tumani Kegeti qishlog’i) — Qirg’iziston xalq yozuvchisi (1986). Adabiyot intini bitirgan (Moskva, 1955). Dastlab o’qituvchi, keyinchalik respublika gazetasida maxsus muxbir. “Azamat” (1948), “Saltanat” (1949), “Oxirgi o’q” (1955), “Tarix esdaligi” (1966) va boshqa asarlarida 2-jahon urushi janglari, urushdan keyingi qayta qurish voqealari o’z ifodasini topgan. “Qizil yo’llik” (1964), “Urquya” (1976), “Adiku” (1984), “Turmush shunday” (1986) va boshqa roman, povest, pyesalarida qirg’iz mehnatkashlarining turmush tarzi aks etgan. She’r va dostonlardan iborat “Yurak kuylari” (1955), “Muhabbatim — qanotim” (1981) to’plamlari bor. “Ertaklar” (1939) to’plami bolalarga bag’ishlangan. Ba’zi she’rlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish