BOYSUN TOSHKO’MIR KONI



BOYSUN TOSHKO’MIR KONI — Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yura qatlamlarida joylashgan kon. Boysuntog’ning Jan.g’arbiy tarmog’i bo’lgan Ketmonchopti tizmasining Janub yon bag’rida. Tuman markazi Boysundan 10 kilometr Janubi sharqda, Sho’rchi temir yo’ldan 60 kilometr narida. 1940-yillardan o’zlashtirila boshlangan. Ko’mir qatlamlari assimetrik ko’tarilgan Ketmonchopti tog’ida taxminan 25 kilometr kvadrat maydonni egallagan. Kon geomorfologik va tektonik jihatdan 3 qism (shimol, g’arbiy va Janub) dan iborat. Quyi, o’rta yura jinslari orasidan 22 ta ko’mir qatlami topilgan, shuning ikkitasidan ko’mir qazib olinadi. Ko’mir “T” markasiga mansub va yuqori kaloriyali. Undan koksbriket ishlab chiqarish mumkinligi aniqlangan. Ko’mirning aniqlangan zaxirasi 15 million tonna 1996 yil 10 ming tonna ko’mir qazib olindi. Istiqbolda ko’mir qazib chiqarishni yiliga 100 ming tonnaga yetkazish mo’ljallangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz