BOYSUN SOYLIGI
BOYSUN SOYLIGI — Boysun tizmasining Janubiy g’arbiy etaklaridagi soylik. Boysun soyligi shimolda chag’il tog’lari, sharqda Sherobod-Sariqamish qirlari, Janub va Janubi g’arbda baland tepaliklar va past tog’lar bilan o’ralgan. Mutlaq balandligi 1200 metr. Boysun soyligida qish unchalik sovuq emas, yoz issiq va quruq. Yanvarning o’rtacha temperaturasi -0,8°, iyulniki 27°. Yillik yog’in miqdori 445 millimetr, asosan qish va bahorda yog’adi. Boysun soyligini shimolda Boysun tizmasi etaklaridan va chag’il tog’lari yon bag’irlaridan boshlanuvchi soylar kesib o’tadi. Bu soylar faqat bahorda to’lib oqadi, qolgan vaqtlarda qurib qoladi. Boysun soyligida qumoq, sho’rtob va bo’z tuproqli yerlar ko’p, dehqonchilik qilinadi. Yassi tepalik va qirlarida lalmi bug’doy va arpa ekiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz