Boysun poʻfanagi




Boysun poʻfanagi  — Ayiqtovondoshlar oilasi, qargʻatuyoq turkumiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyatida uchraydi.

Tavsifi



Hayotiy shakli koʻp yillik. Tugunakli oʻsimlik. Ildizoldi barglari uzun bandli, uch karra boʻlingan, boʻlaklari yumaloq yoki oʻtkir uchli. Yon barglari bandsiz yoki qisqa bandli, poya oʻrtasida joylashgan barglar bandining uzunligi 1,5 sm. Oʻrama barglari 2—3 ta yuqori qismi uch karra boʻlingan. Gulbandi tuklar bilan qoplangan. Gullari sariq rangli, diametri 1—2, 3—4 sm. Changdoni va changchi izlari sariq rangli, urugʻchisi esa qora rangda. Urug‘ining uzunligi 0,3—0,35 sm. Urugʻchi tumshuqchasining uzunligi 0,2 sm, koʻplab tuklar bilan qoplangan. Oʻsimlik mart—aprel oylarida gullab, mevasi may oyida pishadi. Koʻpincha urugʻidan ayrim hollarda vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi.

Tarqalishi



Surxondaryo viloyati, Koʻhitang tizmasi, Shalqonsoy atrofi, Hisor tizmasi, Boysun, Shoʻrchi, Denov tumsnlar atroflarida uchrovchi kamyob endemik oʻsimlik. Tabiatda yovvoyi holatda kam uchraydi, kichik toʻpchalar hosil qilib oʻsadi. Tugunaklarining kovlab va gullarining yigʻib olinishi, oʻsish maydonlarida chorva mollarining boqilishi natijasida soni kamayib ketgan.

Oʻsish joylari



Tog‘ yonbagʻirlarida sariq va mayda tuproqlarda hamda togʻ etaklaridagi ola tuproqlarda oʻsadi. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bogʻida 1965—yildan buyon ekib oʻstirilmoqda. Surxondaryo davlat qoʻriqxonasida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz