BOYSUN NASLCHILIK ZAVODI — zotdor hisori qo’chqorlari va qo’ylari yetishtirish bilan shug’ullanadigan zavod. Surxondaryo viloyati Boysun shumanida joylashgan. 1957 yil sentabrda tashkil etilgan. 36 ming qo’y, shu jumladan 16 ming bosh sovliq bor (2000). Unda O’zbekiston chorvachilik instituti bilan hamkorlikda hisori qo’ylar zotini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, zootexnika qoidalarini takomillashtirish masalalari o’rganiladi, respublikadagi qo’ychilik xo’jaliklariga zotli qo’chqorlar yetkazib beriladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish