BOYQO’NG’IRSOY



BOYQO’NG’IRSOY — Jizzax viloyati G’allaorol tumanidagi soy. Sangzor daryosining chap irmog’i. Turkiston tog’larining shimoliy yon bag’ridagi 2800 metr balandlikdan boshlanib, shimoliy g’arbga tomon oqadi. Katta Korashaqshaq tangisi (darasi)dan yuqoriroqda G’o’ralassoy bilan qo’shilgandan keyin Sangzor nomini oladi. Uzunligi 20 kilometr, vodiysi tor (100-200 metr), o’zani 2-5 metr. Asosan, yomg’ir va qordan, yilning issiq davrida buloqlardan suv oladi. May oyining oxirlarida suv sarfi 180— 200 l/sekund. Atrofi respublikaning eng xushmanzara joylaridan biri, bu yerda saurarcha, qoraarcha, tog’olcha o’sadi; ayiq, quyon va boshqa hayvonlar yashaydi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz