Boyqoʻngʻir (shahar)




Boyqoʻngʻir (qoz.Байқоңыр, rus. Байконур) - Qozogʻistonda joylashgan shahar. Boyqoʻngʻir Kosmodromi maʼmuriy va aholi markazi.

Boyqoʻngʻir shahri va Boyqoʻngʻir Kosmodromi Rossiya tomonidan 2050-yilgacha ijaraga olingan «Boyqoʻngʻir» kompleksini tashkil etadi.

Shahar aholisi 2014-yilga koʻra 73,127 kishini tashkil etadi. Shahar aholisining etnik tarkibini qozoqlar, ruslar, oʻzbeklar, qoraqalpoqlar va boshqa millatlar tashkil etishadi.

Shahar 1995-yilgacha Leninsk deb atalgan. 1996-yildan shahar Boyqoʻngʻir deb atala boshlandi. SSSR paytida ushbu Boyqoʻngʻir «Yopiq Shahar» maqomiga ega edi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz