Boyqo'ng'ir
Boyqoʻngʻir (qozoqcha: Байқоңыр), Boyqoʻngʻir kosmodromi 6717 km joyga ega boʻlgan dunyoning birinchi va eng yirik aerokosmodromi. Bu hudud Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatidagi Kazalinsk shahri va Jusali shaharchalari orasida joylashgan. Boyqoʻngʻir shahri va Boyqoʻngʻir kosmodromi birgalikda Boyqoʻngʻir nomi bilan yuritiladi. Boyqoʻngʻir shahri 2050-yilgacha Rossiya Federatsiyasiga Qozogʻiston hukumati tomonidan foydalanish tartibi bilan ijaraga berilgan. Ushbu joyni ijarada foydalanishi hamda kosmodrom ekspluatatsiyasi uchun Rossiya hukumatiga yiliga 5 mlrd. rublga (Boyqoʻngʻirda ijarada turish qiymati yiliga 115 mln. AQSh dollari bu 3,5 mlrd. rubl atrofida, Rossiya Dumasi fazo jismlariga asoslangan raketalarni qoʻllab-quvvatlashiga 1,5 mlrd. rubl atrofida mablagʻ sarflaydi) tushadi. Bu esa Roskosmos jamiyatining hazinasini 2012-yilgi byudjet koʻrsatkichlariga asosan 4,2 % mablagʻini tashkil qilgan. Bulardan tashqari Rossiya federal byudjetidan Boyqoʻngʻir shahar byudjetiga yiliga 1,16 mlrd. rubl (2012-yilgi koʻrsatkich) miqdorida mablagʻ ajratiladi.. Umumiy jihatdan shahar va kosmodromdan erkin foydalanish tartibi Rossiya Dumasi uchun oʻzining federal gʻaznasidan yillik 6,16 mlrd. rubl mablagʻ sarflanadi. Boyqoʻngʻir kosmodromi 2012-yilda 21 raketa fazoga qoʻyib yuborilgan va eng koʻp fazo jismlarini orbitaga uchirish sababli dunyoda yetakchilik qilmoqda (ikkinchi oʻrinda AQShning Mis Kanaveral kosmodromi tomonidan yiliga 10 raketa uchirilgan).
Tarixi
Vodorod qorishmalaridan tayyorlangan portlovchi bombalarni eltish uchun va kelajakda prototip dasturiga asoslangan insonni samoda uzoq vaqt parvozi sifatida foydalaniladigan kontinetlar aro harakat qila oladigan R-7 ballistik raketasini yaratish uchun yangi va keng
poligon (ruscha: - asl mohiyatidagi maʼnosi ruslarda yirik tadqiqotlarni amalda sinab koʻrish uchun ajratilgan keng maydon shunday atalgan) zarur edi. Sovet Ittifoqi raketalari avvalari Astraxan viloyatida joylashgan Kapustin Yar habiy raketalar uchirish poligonida amaliy ishlarini bajarishgan. Shunga qaramasdan Sovet Ittifoqi hukumatining ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan 1954-yilda yirik poligon qurish maqsadida har bir odam yashamaydigan hududlarga oʻzining tegishli kommisiyalarini yuborishadi. Sovet Ittifoqining ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan quriladigan poligon ushbu hususiyatlarga ega joy boʻlishi kerak edi, bular:
Ilmiy tadqiqotchilar bir necha joylarni qurilish tartibiga mos hudud deb topishgan, bular Mariya Avtonom Respublikasi,Dogʻiston,Astrahan viloyati hamda Qizil- Oʻrda viloyatidir. Tadqiqotchilar birgina asosiy muammo bilan R-7 raketasini radio boshqaruv sitemasini boshqarishga er ustida uchta radio toʻlqinli yoʻnalish beraoladigan yaʼni:
Olimlar Mariya oʻlkasidagi qalin oʻrmonlarga favqulodda yongʻin ketishi, Dogʻistondagi togʻlarning tortishish harakati, Astrahan viloyati esa Kaspiy dengizi sohillariga yaqinligi havflarini takidlashishgan. Tadqiqotchilar tomonidan bunday sharoitlar mosuvo boʻlgan qariyb oʻzidan 800 km. atrofda tayinli aholi yashamaydigan va bir yoni Orol dengiziga, bir yoni Oʻrta Osiyoning yirik Sirdaryo sohillariga yaqin,Moskva- Toshkent temir yoʻli oʻtgan hamda Qozogʻistonning yirik boʻshligida joylashgan Qiziloʻrda (viloyat)i tanlanadi. 12-fevral 1955-yili Kommunistik partiyasining markaziy qoʻmitasi va Sovet Ittifoqi vazirlar mahkamasi birgalikda 292 va 118 sonli qarorlarida Sovet Ittifoqi mudofa vazirligining raketa tehnikalarini oʻrganishi uchun № 5 ilmiy tadqiqot oʻtkazish poligoni qurilishi borasida qaror chiqariladi. Poligon qurilish nuqtasi uchun Qozogʻistonning Qiziloʻrda (viloyat)idagi Kazalinsk va Jusali shaharlari orasida Moskva-Toshkent temir yoʻli oʻtgan atrofni (1954-yilda bir guruh topograflar va geologlar koʻrigidan oʻtgan) tanlanadi va 1955-yilning birinchi yarmida ushbu tuman barcha sharoitlarga moslashtiriladi. General-mayor G.M.Shubnikov boshchiligi ostida kosmodrom qurilishiga maʼsul etib tayinlangan va birinchi harbiy quruvchi otryad 1955-yilning 12-yanvarida Tera-Tam stansiyasiga olib kelinib joylashtiriladi. Poligon ustidagi qurilish ishlari 1955-yilni ikkinchi yarmi qish mavsumida boshlanib, avvaliga quruvchi harbiylar chodirlarda yashashgan keyinchalik 5-may 1955-yilda Sirdaryo sohillari qirgʻogʻida birinchi Zarya nomli yashash shaharchasi bunyod etilgan. Huddi shu kun 5-may 1957-yili mahsus komissiya poligonni birinchi uchirish maskani sifatida qabul qildi va 6-mayda birinchi fazo kemasi R-7 ballistik raketasi ushbu maskanga oʻrnatiladi. Beshinchi ilmiy tadqiqot markazi poligoni qurilgani sifatida va shtab poligonidagi harbiy boʻlinmalari 11284 dona, poligonda raketalarni fazoga uchirilish boshlanganda 527 injener va 237 tehnik mutaxasislar, jami shu davrda harbiy hizmatchilar 3600 nafarga etgani bois Qoʻmondonlik shtabi taʼsis boʻyicha Boyqoʻngʻir kosmodromining tugʻilgan kuni 2-iyun 1955-yil deb xisoblanadi. Amerika razvedkasi tomonidan 1957-yilning 5-avgustidagi Lockheed U-2 raketasi Sovet Ittifoqi hududi ustida uchirilganligi bois Sovet Ittifoqi raketa uchirish poligoni joylashgan nuqta aniqlanib tez orada Gʻarb mamlakatlari orasida maʼlum boʻlgan. 1957-yildan to 1990-yillar boshlarigacha ushbu poligonni Gʻarb manbalarida Tyuratam yaqin temiryoʻl stansiyasi nomi bilan keltirilgan.
Kosmodromning tarihidagi muhim kunlar jamlanmasi
Muhim hodisalar
Hammasi boʻlib „Boyqoʻngʻir“dan 50 yil davomida 1500 dan ortiq fazoviy apparatlar,100 ortiq kontinentlar aro harakatga ega ballistik raketalar,38 rusumdagi raketalar turi tajribadan oʻtgan va 80 ortiq fazoviy apparatlar turlari hamda ularning modifikatsiya ishlari amalga oshirilgan.
Shaharning aholisi ikki kara kamayib ketadi. UVD boshqamasi maʼlumotlariga koʻra fevral oylari 1995-yilda „Boyqoʻgʻir“ kompleksida 72 min. odam, ulardan 55855 nafari shaharda, qolganlari — Toʻra-Tam va Aqay qishloq markazlarida yashashgan. 15 min. ruslar, 21 min. qozoqlar, 2 min. ukrainlar va 2 min. boshqa millatlar roʻyxatdan oʻtishgan.
Havolalar
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org