BOYQOBILOV BAROT TILLAYEVICH



BOYQOBILOV BAROT TILLAYEVICH (1937.14.3, Urgut tumani Kenagas qishlog’i) — O’zbekiston xalq shoiri (1997), SamDU filologiya fakultetini tamomlagan (1962). O’zbekiston davlat badiiy adabiyot nashriyoti (1962-63), yoshlar gazetasi, (1963-68), bolalar adabiyoti nashriyoti (1968-74)da muharrir, bo’lim mudiri, bosh muharrir o’rinbosari. Partiya va hukumat idoralarida xizmat qilgan (1974-90). “Muloqot” juranli bosh muharriri (1991 yildan). Boyqobilovning “Samarqand satrlari” (1962), “Visol” (1965), “Seni izlayman” (1968), “Samarqand ushshog’i” (1969), “Afrosiyob” (1970), “Kim sokin yashaydi O’zbekistonda” (1990) va boshqa she’riy to’plamlari, bir nechta dostonlari nashr etilgan. Uning “Kun va tun” (1968) she’riy qissasida Boburning badiiy obrazi uzbek adabiyotida ilk bor namoyon bo’ldi. Keyinchalik Boyqobilov Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Shukuxli karvon” (1981), “Notinch Xuroson” (1985), “Sokin Xurson” (1992) va “Konli Xuroson” (1992) dostonlarini, “Hayrat ulahror” (1997) she’riy romanini e’lon qildi. So’ng ular asosida besh dostondan iborat “Yangi Xamsa”ni (1998) va “O’zbeknoma” (1999) she’riy romanini yaratdi. Boyqobilov o’zbek she’riyatida sonet janrining ravnaq topishiga katta hissa qo’shdi. B. Petrarka, V. Shekspir, P. Neruda, R. Hamzatov sonetlarini, o’zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz