BOYQOBIL G’ORI
BOYQOBIL G’ORI – Qashqadaryo viloyati Qamashi tumaniaati g’or. Qorasirt tog’i (Hisor tizmasining Janubiy- g’arbiy tarmog’i) ning shimoliy-g’arbiy yon bag’rida, O’radaryo vodiysida joylashgan. 1930 metr balandlikda. Yuqori yura davriga mansub gips qatlamlarida hosil bo’lgan. G’orning kirish qismi shimol tomonga qaragan, doira shaklida, diametri 4 metrga yaqin. G’or egri-bugri bo’lib boshlangan, eni 1,5 metrdan 9 metrgacha, balandligi 0,5 metrdan 15 metrgacha. Sahni ichkarisiga tomon bir oz ko’tarilgan. G’orda havoning temperaturasi kirish qismida 22°, ichkarisida 9°. Nisbiy namlik 97% (sentabr). Umumiy uzunligi 240 metr, maydoni 1210 metr kvadrat, hajmi 1440 metr kub.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz