Boyqaro Mirzo




Boyqaro mirzo (1393—1423) - Hamadon va Luriston hokimi (1414— 15). Temuriy. Umarshayx Mirzoning oʻgʻli. 1410-yilgacha Shohrux Mirzo saroyida, soʻng akasi, Iroq va Fors viloyatlari hokimi Iskandar Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shohrux B.M.ga Hamadon shahri, Vuruja va Nahovand qalʼalari hamda butun Luristonni suyurgʻol qilib bergan (1414). B. M. Iskandar Mirzo qutqusi bilan 1415-yil Shohruxga qarshi isyon koʻtargan va shu yilning 9-iyunida Sherozni egallagan. Shohrux katta qoʻshin bilan shaharni qamal qilib, uni 8-noyabrda qayta egallaydi, B. M. taslim boʻladi. Shohrux uni dastlab Qandahorga — Qaydu Mirzo huzuriga, biroq u yerda ham isyonkorlik belgilari ayon boʻlgach, 1417-yil Samarqandga joʻnatgan. Koʻp oʻtmay B. M. lashkargohda qatl etilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz