BOYQARO MIRZO



BOYQARO MIRZO (1393— 1423) Hamadon va Luriston hokimi (1414— 15). Temuriylardan. Umarshayx Mirzotshg o’g’li. 1410 yilgacha Shohrux Mirzo saroyida, so’ng akasi, Iroq va Fors viloyatlari hokimi Iskandar Mirzo saroyida xizmat qilgan. Shohrux Boyqaro Mirzoga Hamadon shahri, Vuruja va Nahovand qal’alari hamda butun Luristonni suyurg’ol qilib bergan (1414). Boyqaro Mirzo Iskandar Mirzo qutqusi bilan 1415 yil Shohruxga qarshi isyon ko’targan va shu yilning 9 iyunida Sherozni egallagan. Shohrux katta qo’shin bilan shaharni qamal qilib, uni 8 noyabrda qayta egallaydi, Boyqaro Mirzo taslim bo’ladi. Shohrux uni dastlab Qandahorga — Qaydu Mirzo huzuriga, biroq u yerda ham isyonkorlik belgilari ayon bo’lgach, 1417 yil Samarqandga jo’natgan. Ko’p o’tmay Boyqaro Mirzo lashkargohda qatl etilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz