BOYPO’RISHLISOY — Samarqand viloyatidagi soy. Nurota tog’larining Janub yon bag’ridan 1700 metr balandlikdagi buloqlardan boshlanadi. Qor va yomg’irdan suv oladi. Uzunligi 15 kilometr. O’rtacha yillik suv sarfi 50 100 l/sekund. Boypo’rishlisoy bahorda sel kelganda Oqtepasoyga qo’shiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish