Boyovut tumani





Boyovut tumani  — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955-yil 19-aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960-yilda Yangiyer tumaniga qoʻshilgan. 1963-yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, jan.gʻarbda Xovos tumani, shimolida Guliston tumani, gʻarbda Mirzaobod tumani va janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,435 ming km². Aholisi 80,2 ming kishi (1999). Boyovut tumani da 1 shahar (Boyovut) va 1 qishloq fuqarolari yigʻini (Boyovut, Dehqonobod, Darvozaqir, Doʻstlik, Laylakkoʻl, Madaniyat, Mingchinor, Olmazor (shaharcha), Tinchlik, Usmonobod, Gʻallakor) bor. Markazi — Boyovut shahar.

Tabiati



Boyovut tumani Mirzachoʻl dashtining janubida joylashgan. Relyefi tekislik boʻlib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning oʻrtacha temperaturasi „26—28“, yanvarniki —2°, —4°. Yiliga oʻrtacha 200- 300 mm yogʻin tushadi. Tuman hududida Bekobod shamolining taʼsiri kuchli. Tuman hududidan Janubiy „Qalin matn“ Mirzachoʻl kanali va Toshkent viloyati Bekobod tumani chegarasidan „Doʻstlik“ kanali oʻtgan. Grunt suvlari shoʻr va shoʻrtob. Tuproqlari lyoss ustida vujudga kelgan har xil boʻz tuproqlar. Koʻp yerlarini shoʻr bosgan. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, yovvoyi mushuk, quyon, sudraluvchilardan turli xil ilonlar, suvda va qurukda yashovchilardan choʻl qurbaqasi uchraydi. Sultonhovuz koʻlidan baliq ovlanadi.

Aholisi



Aholisi, asosan, oʻzbeklar; rus, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga oʻrtacha 161 kishi toʻfi keladi. Shaharliklar 13,8 ming kishi, qishloq aholisi 66,4 ming kishi (1999).

Xoʻjaligi



Tuman xoʻjaligining asosiy tarmoklari — paxtachilik, chorvachilik, bogʻdorchilik va gʻallakorlik. Tuman markazidagi mahalliy sanoat korxonasida xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqariladi. 2 paxta tozalash, gʻisht va non zavodlari bor. Tumanda 39 kichik va xususiy korxona, 250 oʻrta biznes bilan shugʻullanuvchi korxona, 2 avtokorxona. aloqa boʻlimi faoliyat koʻrsatadi (1999).

Qishloq xoʻjaligi



Q.xda sugʻoriladigan yerlar 29,7 ming ga, ekinzorlar 29,2 ming ga, shu jumladan 16,7 ming ga yerga paxta, 126 ga yerga sabzavot, 11,7 ming ga yerga donli ekinlar, 787 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. Boyovut tumani da 10 shirkatlar uyushmasi, yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2 dehqonfermer xoʻjaligi birlashmasi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 21,7 ming qoramol, 18,8 ming qoʻy va echki, 25,6 ming parranda, 688 ot boqiladi (1999).

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari



1999/2000 oʻquv yilida 45 umumiy taʼlim maktabida 20328 oʻquvchi, 1 litseyda 185 oʻquvchi, 2 hunar litseyida 918 oʻquvchi taʼlim oldi. Sanʼat maktabi, 33 kutubxona, 18 klub, 12 qishloq madaniyat uyi, 2 avtoklub, 7 badiiy havaskorlik jamoasi, muzey bor. 280 oʻrinli kasalxona va dispanser, 35 tibbiy punkt boʻlib, ularda 107 vrach, 950 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1966-yildan „Istiqbol“ tuman gaz chiqadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz