Boyovut




Boyovut  — oʻzbek qabilalaridan biri. XIV asr tarixchisi Rashiduddinning „Jome attavorix“ va Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarayi turk“ asarlarida Boyovutlar Movarounnahrga Chingizxon qoʻshinlari bilan birga kelgan qabilalar qatorida koʻrsatilgan. Rashiduddinning yozishicha, qadimgi vaqtda boyovut ancha katta qabilalardan biri boʻlib, bir necha tarmoqqa (boʻlakka) boʻlingan. XIII—XIV asrlarda boyovutlarning katta bir qismi oʻzbek, turkman xalqlari tarkibiga kirib, ular bilan aralashib ketgan. Qoʻlyozma nasabnomalarning baʼzilarida boyovut qadimgi 92 oʻzbek urugʻining biri sifatida koʻrsatilgan. Qadimgi boyovut urugʻiga mansub boʻlgan kishilarning avlodlari hozirgi Guliston tumanining Boyovut qishlogʻida yashaydilar, ularning shevasi oʻzbek tilining qipchoq lahjasiga kiradi.

Adabiyotlar







uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz