BO’YOQLI O’SIMLIKLAR



BO’YOQLI O’SIMLIKLAR — tarkibida bo’yoq moddalari bo’lgan o’simliklar. Bo’yoq Bo’yoqli o’simliklarning hamma qismlari (lishayniklarda) yoki bir qismi (ildizi, po’stlog’i, guli, bargi va hokazolar) dan olinadi. O’simliklardan olingan tabiiy bo’yoqlarning sifati sun’iy (sintetik) bo’yoqlarga nisbatan yuqori bo’ladi. O’zbekistonda ro’yan (Rubia tinctorum), o’sma (lsatis tinctoria), isiriq (Peganum harmala), anor (Punica granatum apflaH qizil bo’yoq; yong’oq (Juglans regia), Karmak (Itopsht) lardan jigarrang va qora bo’yoq; zirk (Berberis oblonga), isfarak (Delphinum semibarbatum), sutlama (Euphorbia), rezeda (Reseda luteola), maxsar (Carthamus tinctorius), tuxumak (Sophora japonica), za’far (Crocus), tut (Morus), olma (Ma1i8) lardan sariq bo’yoq; gulxayri (Althaea kkea) dan ko’k va binafsha bo’yoq olinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz