Boʻyoqchilik




Boʻyoqchilik (toʻqimachilikda) — ip va ipak boʻyash kasbi. Gazlama qoʻl dastgohlarida toʻqilgan davrlarda keng tarqalgan edi. Turkistonlik boʻyoqchi ustalar ip va ipakni xumboʻyoq bilan boʻyaganlar. Toʻqimachilik korxonalari paydo boʻlgach, Boʻyoqchilik fabrikalarning boʻyash sexida bajariladigan boʻldi. 20-asr 90- yillari boshidan yana kasbhunar rivojlana boshlanganligi tufayli qadimgi Boʻyoqchilik kasbi muhim hunarga aylanib bormoqda.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz