BO’YOQ PURKAGICH



BO’YOQ PURKAGICH — turli sirtlarni bo’yash, o’simlik va daraxtlarga dori sepish uchun mo’ljallangan apparat. Dastaki va elektr xillari bor. Dastaki Bo’yoq purkagich suyuq bo’yoq (yoki dori) quyiladigan metall idish (ballon) 2, qo’l nasosi, egiluvchan shlanglar 4, suzgichli so’rish voronkasi 3 hamda purkaydigan forsunkali qarmoqsimon nay 5 dan iborat (rasm). Nasos hosil qilgan bosim ostida suyuqlik shlanglar orqali forsunkaga o’tadi, undan sirtlarga (masalan, devorga) purkaladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz