BOYMURODOV IBODULLA
BOYMURODOV IBODULLA (1940.25.3, Pastdarg’om tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDU ning matematika fakultetini tugatgan (1971). 1963 yildan Pastdarg’om tumanidagi 9, 74 maktablarda, 1976 yildan Nurobod tumanidagi 15-maktabda boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Boymurodov darslarni ko’rgazmali qurollar asosida samarali tashkil etishga katta ahamiyat beradi, har bir o’quvchi bilan yakkama yakka ishlab, ularni mustaqil fiqolashga, og’zaki nutqini o’stirishga harakat qiladi. “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’yinlar orqali tarbiyalash” mavzuini ishlagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz