BOYMURODOV AHMAD (1943.3.5, Buxoro) — O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999), me’mor. Usta Ochil Bobomurodov bilan birga ishlab, undan qadimgi me’moriy obidalarni ta’mirlash sirlarini o’rgangan. Usta Shirin Murodov nomidagi Buxoro maxsus ilmiy ta’mirlash ishlab chiqarish korxonasida usta me’mor. 1980-2000-yillarda Boymurodov yetakchi mutaxassis sifatida Abulqosim madrasasi (Toshkent), Ulug’bek madrasasi (Buxoro), Bahouddin Naqshband majmuasi, Chor Bakr me’moriy majmuasi, Buxoro namozgohi, Sayfiddin Bahorziy maqbarasi kabi me’moriy obidalarni ta’mirlashga katta hissa qo’shgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish