BOYMUHAMEDOV HOSIL NURMATOVICH
BOYMUHAMEDOV HOSIL NURMATOVICH (1918.1.12 Toshkent 1990.14.7) — geolog olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1979), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1976), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1979), geologiya mineralogiya fanlari Doktori (1960), professor (1962). O’rta Osiyo industrial institutini tugatgan (1943). O’zbekiston geologiya boshqarmasida katta geolog va geolog-konsultant (195052). O’rta Osiyo politexnika institutida dotsent (1950-61). Geologiya va mineral xom ashyo institutida katta ilmiy xodim (1957-60). ToshPIda kafedra mudiri (1960 yildan), prorektor (1960-72). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumining bosh ilmiy kotibi va hay’at a’zosi (1972-79), yer haqidagi fanlar bo’limining akademik kotibi (1979 yildan). Foydali qazilmalar konlarini geokimyoviy usulda izlash O’rta Osiyo sektsiyasining raisi (1980 yildan). Kosmos bo’yicha ilmiy-konsultativ kengash raisi (1984). Bir qancha xalqaro va regional Kongress va kengashlar, jumladan jahon geologlari 27-xalqaro Kongressining (1984) tashkilotchisi va qatnashchisi. “O’zbekiston geologiya jurnali”ning bosh muharriri (1988). Asarlari ruda konlari geologiyasi va O’rta Osiyodagi rudali rayonlar va provintsiyalar metallogeniyasiga bag’ishlangan. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonning foydali qazilmalar konlari formatsion metallogenik xaritasini tuzganlardan biri va bosh muharriri. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Birinchi kon ochuvchi (1980). Toshkent shahri ko’chalaridan biri Boymuhamedov nomiga qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz