BOYL
BOYL (Boyle) Robert (1627.25.1, Lismor, Irlandiya — 1691.31.12, London) — ingliz kimyogari va fizigi. London Qirollik jamiyati ta’sischilaridan biri. Kimyoviy elementning ilmiy ta’rifini bergan, kimyoga eksperimental usulni kiritgan, kimyoviy analizga asos solgan. Kimyoning fan sifatida shakllanishiga katta hissa qo’shgan. Boyl “Kimyoskeptik” kitobida kimyo asl bo’lmagan metallarni oltinga aylantirish, shuningdek dorilar tayyorlash usullarini izlash bilan emas, balki mustaqil fan bo’lishi kerak, deb aytadi. Gaz qonunlaridan biri (Boyl — Mariott qonuni)na yaratgan (1662). Yorug’lik, elektr, issiqlik, akustik hodisalarni tadqiq qilish bilan ham shug’ullangan. Boyl dunyoqarashi qarama-qarshiliklardan xoli bo’lmagan; falsafada idealizmga moyil bo’lgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz