BOYKOT



BOYKOT (inglizcha boycott, ingliz boshqaruvchisi Ch. K. Boykot nomidan olingan, 1880 yilda unga qarshi birinchi marta mazkur chora qo’llanilgan edi) — 1) siyosiy va iqtisodiy kurashning bir shakli, ayrim shaxs, tashkilot, korxona bilan munosabatlarni to’liq yoki qisman to’xtatish, masalan, ishga yollanish, shu korxona mahsulotini xarid qilishdan voz kechish kabilarni taqozo etadi. 2) xalqaro munosabatlarda, BMT Ustaviga ko’ra — tinchlikni saqlash maqsadida (qurolli kuchlarni ishlatmay turib) ko’riladigan majburiy choralardan biri. Davlatning bironbir davlat yoki bir guruh davlatlar bilan munosabatlarni saqlab turishdan voz kechishi. 3) (Kuchma ma’noda) biror narsaga norozilik belgisi sifatida biror kimsa bilan munosabatlarni uzish.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz