Boyken




Boyken — serhosil qishki olma navi. Oʻzbekistonda 19-asr oxiridan boshlab tarqalgan. 50- yillargacha koʻp ekilgan. Sovuqqa chidamli, koʻchati oʻtqazilgach, 6—7yili hosilga kiradi. Daraxtining balandligi 7–8 m, shoxshabbasining eni 5–6 m, mevasi 250—300 g, och sariq, quyoshga qaragan tomoni qizgʻish, eti oq, qimizak; sentabr oxirida uzib, martgacha saklash mumkin. Tupidan 500– 550 kg hosil olinadi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Hozir kam uchraydi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz