BOYKEN
BOYKEN — serhosil qishki olma navi. O’zbekistonda 19-asr oxiridan boshlab tarqalgan. 50-yillargacha ko’p ekilgan. Sovuqqa chidamli, ko’chati o’tqazilgach, 6—7 yili hosilga kiradi. Daraxtining bal. 7-8 metr, shox shabbasining eni 5-6 metr, mevasi 250-300 gramm, och sariq, quyoshga qaragan tomoni qizg’ish, eti oq, qimizak; sentabr oxirida uzib, martgacha saklash mumkin. Tupidan 500— 550 kilogramm hosil olinadi. O’zbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan. Hozir kam uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz