BoyWithUke




BoyWithUke (2002-yil 25-avgustda tugʻilgan) — taxallusli amerikalik alt-pop qoʻshiqchisi, musiqachi va internet shaxsi. U TikTok onlayn platformasida oʻzining eng koʻp tarqalgan „Toxic“ singli (2021) va ikkinchi eng mashhur „IDGAF“ singli bilan mashhurlikka erishdi. U platformadagi eng mashhur yuzsiz artistlardan biriga aylandi. Hozirda u Republic Records aʼzosidir.

Faoliyati



2020-2021: TikTok va Toxicning boshlanishi



BoyWithUke 2020-yilda akasi platforma haqida bergan maʼlumotidan soʻng TikTokga videolar yuklashni boshlaydi. Avvaliga uning videolari yaxshi oommalashmadi, 2021-yilgacha uning bir qancha videolari asosan, bir minutlik qoʻshiqlari yaxshi chiqa boshladi.

2021-yil sentyabr oyida BoyWithUke oʻzining „Toxic“ singlini oʻz ichiga olgan Faded kengaytirilgan pyesasini chiqardi. „Toxic“ TikTokda juda ham keng tarqaldi va platformada oltmish toʻqqiz mingdan ortiq videolarda namoyish etildi. Taxminan yarim milliard marta uzatilgan. Singl Billboard Alternative Airplay chartlarida ketma-ket oʻttiz bir hafta davomida chartlarda 1-oʻrinni egalladi, bu Alternative Airplay tarixida 1-oʻrinni ketma ket olgan qoʻshiqlar orasida 6-oʻrinni egalladi. Toxic British Phonographic Industry (BPI) tomonidan kumush va Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan platina sertifikatiga ega.

2021-2022: Republic records va Serotonin Dreams



2021-yil oxirida BoyWithUke ovoz yozish studiyasi Republic Records bilan shartnoma imzoladi. 2022-yilda u Serotonin Dreams albomidagi „IDGAF“ singlini Blackbear ishtirokida chiqardi. U Republic Records ostida oʻzining „Serotonin Dreams“ debyut yirik albomini chiqardi. U Billboard Alternative Airplay va Billboard 200 chartlarida 7-oʻrinda debyut qildi va „Toxic“ qoʻshigʻi asosiy singl sifatida taqdim etdi. Albom chiqqandan soʻng BoyWithUke Billboard Emerging Artists oʻntaligiga kirdi.

2022-yil davomida BoyWithUke AJR hind-pop triosi uchun „OK Orchestra Tour“da ishtirok etdi.

MRC Data maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, uning TikTokda yetti million obunachisi va Qoʻshma Shtatlarda deyarli ikki yuz ming stream obunachilari bor.

2023-Hozirgi kun: Antisocial and Out Of Reach



BoyWithUke 24-fevral kuni Kengaytirilgan „Antisosial“ pyesini chiqardi, unda uchta qoʻshiq, xususan, avvalroq debyut qilingan „Rockstar“ singli bor edi, chunki boshqa ikkita qoʻshiq ilgari uning TikTokiga ozroq qismi qoʻyilgan „idtwcbf(friends“) va „Nosedive“ qoʻshiqlari edi. 2023-yil 7-aprelda BoyWithUke yana bir yangi singli, qaysiki uning TikTok-dagi bir necha daqiqali qoʻshiqlar seriyasining toʻliq versiyasi boʻlgan, „Out Of Reach“ singlini chiqardi.

Badiiylik



BoyWithUke oʻzining anonimligini taʼminlash uchun ikkita katta LED chiroqli shaffof yuz qalqoni kiyadi. Uning musiqasi ukulele atrofida joylashgan, lekin pianino kabi boshqa asboblarni ham oʻz ichiga oladi. U Apple qurilmalari uchun bepul raqamli audio ish stantsiyasi boʻlgan GarageBandda iPadi orqali musiqasini oʻzi yaratadi.

BoyWithUke musiqasi „alternativ“ va „alt-pop“ deb taʼriflangan. Uning mashhur qoʻshiqlariga qoʻshimcha ravishda „Two Moons“, „Long Drives“, „Loafers“ va „Sick of U“ (Oliver Tree bilan duet) kiradi. Uning kam ommalashgan qoʻshiqlari orasida „Prairies“, „She Said No“, „Contigo“ va „Scared of The Dark“ shuningde, Fever Dreams albomidan „Psycho“, „Out of Tune“ va Melatonin dreams albomiga kiritilgan „Letter From my Bed“, „Lovely“, „Route 9“ kabilar bor.

BoyWithUke albomlari „Dreams Saga“dan iborat boʻlib, Melatonin Dreamsda depressiya va oʻz joniga qasd qilish fikrlari haqida koʻp gapiradi. Fever Dreams avvalgisiga qaraganda kamroq depressiyaga va oʻz joniga qasd qilishga asoslangan, deb aytiladi, lekin oxir-oqibatda oʻzining asosiy qadriyatlarini past darajadagi oʻzini oʻzi qadrlash va umumiy melanxolik va tushkun mavzularga qaratadi. Serotonin Dreams goʻyo uning „uygʻonishi“ va dostonning „Magnum Opus“i boʻlib, uning oldingisidan farqli oʻlaroq, Serotonin Dreams oʻzidan oldingilarning qadriyatlariga vaqti-vaqti bilan murojaat qilib, amalga oshirishga va umuman ijobiy qadriyatlarga eʼtibor qaratadi.

Shaxsiy hayoti



BoyWithUke shaxsiy hayotining koʻp qismini maxfiy tutadi. U Massachusets shtatining Boston shahrida yashashini maʼlum qilgan. BoyWithUke toʻrt yoshidan boshlab klassik musiqa bilan shugʻullanishga majbur qilinganini, ammo keyinchalik uni tashlab ketganini aytgan. Buning ortidan u oʻrta maktabda musiqa yozish orqali musiqaga qayta kirib keldi. BoyWithUke oʻzining shaxsiyatini yashirgan va hozir ham yashirib kelmoqda, chunki u odamlar uning tashqi koʻrinishiga emas, balki musiqa va isteʼdodiga eʼtibor berishlarini xohlaydi.

U oʻzining koʻplab qoʻshiqlarida, shu jumladan „Psycho“, „Out of Tune“ va „Sick of U“ albom posterlarida Tobi nomini ishlatgan.

Diskografiyasi



Albomlari




Pyesalari




Singllari




Qoʻshimcha manbalar



BoyWithUke youtubeda

BoyWithUke Apple Music da

BoyWithUke Instagram da

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz