BOYIRQU
BOYIRQU — qadimgi turkiy qabila. Barg’udjin (Barguzin) daryosi havzasi (chegarasi — shimoli g’arbda Baykal ko’li, g’arbda Sayan tog’lari)da yashab, chorvachilik, ovchilik va temirchilik bilan shug’ullangan. 5-asrda tedi (tele) qabilalari birlashmasiga, keyinchalik turk va uyg’ur xoqonliklari tarkibiga kirgan. 8-asr boshida G’arbiy Turk xoqonligining so’nggi hukmdorlariga qarshi ketma-ket yurishlar qilgan. 9— 10-asrlarda bir qismi Sharqiy Turkistonga kelib joylashib, u yerda yangi tashkil topgan uyg’ur xonliklarining o’zaro urushlarida ishtirok etgan. Boyirqu xususidagi so’nggi ma’lumotlar 14-asrga doir yozma manbalarda uchraydi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz