Bo`yintumor




Boʻyintumor — ayollarning boʻyinga takadigan ziynat buyumi, tumor. B. qutichasi teng tomonli toʻgʻri burchakli uchburchak shaklida boʻlib, uchburchak gipotenuzasi asos vazifasini oʻtaydi. Koʻpincha ikki taraflama bezatiladi, bezak mujassamoti buyum shakliga toʻla boʻysundirilgan: bezak yuqori qismida juft shox shakli bilan yakunlanadi, quyi qismida zigʻiraklardan ishlangan tok novdalari joylashgan. B. asosiga marjon, sadaf va 6. munchoqlar, bargaklar, baʼzan ignasimon shokilalar osiladi. B. keyinchalik faqat bezak buyumiga aylangan. B.ning ayrim koʻrinishlarini Xorazmdan topilgan sopol haykal (6—7-asrlar) hamda suyakdan ishlangan taqinchoq (9— 12-asrlar) da koʻrish mumkin. 19-asrda B., shuningdek doʻppi, yelka, chakka, koʻkrakka ham taqilgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz