BO’YINTUMOR



BO’YINTUMOR — ayollarning bo’yinga takadigan ziynat buyumi, tumor. Bo’yintumor qutichasi teng tomonli to’g’ri burchakli uchburchak shaklida bo’lib, uchburchak gipotenuzasi asos vazifasini o’taydi. Ko’pincha ikki taraflama bezatiladi, bezak mujassamoti buyum shakliga to’la bo’ysundirilgan: bezak yuqori qismida juft shox shakli bilan yakunlanadi, quyi qismida zig’iraklardan ishlangan tok novdalari joylashgan. Bo’yintumor asosigamarjon, sadaf va boshqa munchoqlar, bargaklar, ba’zan ignasimon shokilalar osiladi. Bo’yintumor keyinchalik faqat bezak buyumiga aylangan. Bo’yintumorning ayrim ko’rinishlarini Xorazmdan topilgan sopol haykal (6-7- asrlar) hamda suyakdan ishlangan taqinchoq (9— 12-asrlar) da ko’rish mumkin. 19-asrda Bo’yintumor, shuningdek do’ppi, yelka, chakka, ko’krakka ham taqilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz