Bo'yincha




Boʻyincha 1) otulov abzali. Ish hayvoni (mas, ot)ni aravaga, juvozga, qoʻshga qoʻshganda ot boʻyniga kiydirib qoʻyiladigan abzal. Boʻyincha xomutini koʻtarib turgani uchun uning ot boʻynini qisishi yoki ogʻritishidan saklaydi, otning aravani tortishiga qulaylik tugʻdiradi. Boʻyincha tayyorlash usuli: qoʻgʻa (ichi gʻovak va yumshoq oʻsimlik)ni namlab, bir-biriga oʻrab, chala Boʻyincha shakliga keltiriladi. Buni takbas (takbas tortish) deyiladi. Takbasning sirtiga qoʻgʻa rezgilar qoʻyilib, ustidan yana qoʻgʻa oʻraladi. Bu ish yuz oʻrash deb yuritiladi. Soʻng ustidan avra (teridan) va astar (kigizdan) qoplanadi. Boʻyinchaning pastki qismi (2 uchi) kal lak deyiladi. Ot aravaga qoʻshilganda 2 kallakni boʻyincha bogi bilan siqib bogʻlab qoʻyiladi. Boʻyinchaning ot boʻynida turadigan qismi kipt (oʻzak), kallak va kipt oraligʻi chigʻanoq deyiladi. Boʻyincha 2 xil: a) yumaloq (yorma) Boʻyincha (bu qad. boʻlib, ogir boʻlgani sababli 20-asr birinchi choragidan boshlab ishlatilmaydi); b) kuchan Boʻyincha (bu ixcham va yengil boʻlib, hozir ham ishlatiladi); 2) kulolchilikdagi naqsh turi. Bu naqsh toʻgʻri, soʻngra arraarra chiziqli, soʻng yana toʻgʻri hamda arraarra chiziqli (shu tariqa ikki tomondan muvoziy davom etadigan) shakllardan iborat. Arra chiziqlar bir-biriga ketmaket kelib, sirtidan qaragaida Boʻyincha shakliga oʻxshaydi. Boʻyincha naqsh oʻzbek kulolchiligida qoʻllaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz