BO’YIN
BO’YIN — gavdaning bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi; tepadan bosh, pastdan ko’krak qafasi bilan chegaralangan. Bo’yinning orqa qismi ensa, oldingi yuzasi haqiqiy bo’yindir. Ensa qismi faqat muskullardan tashkil topgan bo’lib, oldi tomonida hiqildoq, kekirdak va ularning oldingi yuzasida qalqonsimon bez joylashgan. Bo’yinning o’rta chizig’i sohasida qalqonsimon tog’ayning bo’rtgan qismi “adam olmasi” (ko’proq erkaklarda) ko’rinib turadi. Bo’yinning ikki yonida qon tomirlar, nervlar va nozik muskullar bor. Uning tepa qismida (pastki jag’ ostida) jag’osti bezi joylashgan; bez yo’li og’iz bo’shlig’iga ochiladi, ko’pincha bolalarda nay orqali mikroblar bezga borib uni yallig’lantiradi — “tepki” bo’ladi. Bo’yinning pastki qismida (to’sh suyagining ustki yuzasida) vena qon tomiri chitali bor. Bo’g’ma kasalligida kekirdakni ochib havo yuborganda, vena kesilganda yoki jarohatlanganda havo so’rilib, yurakni to’xtatib qo’yishi mumkin. Bo’yinda teri osti muskuli borligi uchun teri harakatchan bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz