BOYG’ONIN NURPEYIS
BOYG’ONIN NURPEYIS (1860 Axtyube viloyati Boyg’onin tumani— 1945.9.4) — qozoq xalq oqini, yirik jirov. Kozog’istonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1939). Yoshligidan ovullarda o’lanlar aytgan, 17 yoshidayoq “Bola jirchi” nomini olgan. “Qo’blandi”, “Er Targ’in”, “To’raxon” kabi xalq dostonlarini, ayniqsa botirlik jirlarini yaxshi bilgan. O’z termalarida hayotni, do’stlik, botirlik, insonparvarlik va mehnatni ulug’lagan. Oqinning “Kubugul”, “Norqiz”, “Alpamis”, “Oqkenja”, “Qiz Jibek”, “Aymansholpan”, “To’raxon” va boshqa dostonlarida qozoq xalqining hayoti haqqoniy aks ettirilgan. Boyg’oninning “O’zbekiston” she’rida O’zbekistonning go’zal tabiati, oq ko’ngil, mehnatsevar odamlari kuylanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz