Boydashxon




Buydashxon , Buylashxon, Boydashxon (7—1560) — Joʻjixon avlodlaridan boʻlmish Katta juz xoni. B. oʻz hukmronligi davrida Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, mahalliy aholini talontaroj qilib turgan. Chunonchi, u 1560-yil 20 ta qozoq sultoniga bosh boʻlib, Fargʻona vodiysiga toʻsatdan bostirib kirganda, bir qancha qishloqlarni talagach, Axsikat shahri tomon yoʻl olgan. Shunda Oʻrta Osiyoda Maxdumi Aʼzamdan keyin naqshbandiylik tariqatiga yetakchilik qilayotgan Lutfulloh Chustiy xalqni B.ga qarshi oyoqqa turgʻizib, jangga yetaklagan. Natijada B. boshliqqozoqsultonlari qoʻshini Axsikat boʻsagʻasidagi jangda butunlay tormor keltirilgan. B.ning oʻzi esa shu jangda oʻldirilgan.

B. avlodlari 19-asrning oxirlari va 20-asrning boshlarida Yettisuv viloyatining Avliyoota (Jambul), Sirdaryo va Verniy (Olmaota) uyezdlarida yashagan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz