Boychechak (qoʻshiq)




"BOYCHECHAK" — mavsumiy marosim qoʻshigʻi. Turkiy xalqlarda qadim zamonlardan kattalar, keyinchalik bolalar tomonidan kuylab kelingan. Bolalar erta bahorda dala va bogʻlardan boychechaklar terib, undan guldastalar yasaganlar, tol navdalaridan chambarlar qilib, boshlariga kiyganlar hamda guldastalar koʻtargan holda uymauy yurib, "B." qoʻshigʻini aytganlar, uy egalariga gullar ulashganlar. Bolalardan biri asosiy toʻrtliklarni kuylagan, qolganlari naqarotni joʻr boʻlib ijro etishgan. Shu tariqa uy egalaridan sovgʻasalomlar olishgan.

B. qushiqlarida dehqonlar ekintikin ishlarini boshlashga, chorvadorlar chorvasini qishlovdan yaylovga koʻchirishiga daʼvat qilingan. Koʻklamga xos tabiat hodisalari, xalq anʼanalari shavqzavq bilan tarannum etilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz