Boychechak qoʻshigʻi




"Boychechak" — mavsumiy marosim qo‘shig‘i. Turkiy xalqlarda qadim zamonlardan kattalar, keyinchalik bolalar tomonidan kuylab kelingan. Bolalar erta bahorda dala va bog‘lardan boychechaklar terib, undan guldastalar yasaganlar, tol navdalaridan chambarlar qilib, boshlariga kiyganlar hamda guldastalar ko‘targan holda uymauy yurib, "B." qo‘shig‘ini aytganlar, uy egalariga gullar ulashganlar. Bolalardan biri asosiy to‘rtliklarni kuylagan, qolganlari naqarotni jo‘r bo‘lib ijro etishgan. Shu tariqa uy egalaridan sovg‘asalomlar olishgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz