BOYBOBO CHINNISOZ



BOYBOBO CHINNISOZ (? 1876, Qo’qon) — kulol, chinnisoz usta. U yasagan buyumlar shaklining mutanosibligi, chinnisining a’lo sifati, nafis uslubda ingichka mo’yqalam bilan zangori bo’yoqda chizilgan bezaklari bilan ajralib turadi. Taniqli chinnisoz Muso Konibodomiyning ham u bilan birga ishlagani ma’lum. Boybobo chinnisoz shogirdlar tayyorlab yetishtirgan. Boybobo chinnisoz yasagan buyumlar (lagan, kosa va boshqalar) O’zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz