Boyazid Bastomiy ziyoratgohi




Boyazid Bastomiy ziyoratgohi — ziyoratgoh, diqqatga sazovor joy. Oʻzbekistonning Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, Boʻston qishlogʻi, Boʻstontepada joylashgan. Boyazid Bastomiyning (801—875) qadamjoyi. Qadamjoyda Boyazid Bastomiy masjidi va uning ramziy qabri bor. Boyazid Bastomiyning asl qabri oʻzining vatanida, Eronning Bastom shahrida boʻlib, uning ustiga katta maqbara qurilgan.

Boyazid Bastomiy ziyoratgohidagi masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat himoyasiga olingan.

Ziyoratgoh va Boyazid Bastomiyga atab Sadriddin Salim Buxoriyning „Hazrat Boyazid Bastomiy yoki Navoiy viloyati ziyoratgohlari“ kitobi yozilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz