Bo'yash
Boʻyash — 1) tolali materiallar (ip, jun, ipak, sunʼiy tola va boshqalar) yoki ulardan tayyorlangan buyumlar (gazlama, kalava) ga rang berish. Boʻyash uchun sintetik organik boʻyagichlar, pigmentlar, loklar va boshqa moddalar ishlatiladi. Boʻyagichlar va boʻyaluvchi materialning kimyoviy xossalariga qarab har xil Boʻyash usullari qoʻllaniladi. Ipak kislota xossalariga ega boʻlganidan asosli boʻyagichlar bilan boʻyaladi. Jun asos xossalariga ega boʻlgani uchun uni boʻyashda kislotali (nordon) boʻyagichlar ishlatiladi. Ip, jun, ipak va boshqa baʼzi tolalarni boʻyash uchun ular boʻyagichlarning suvdagi eritmalariga maʼlum vaqt solib qoʻyiladi. Trani oshirish (mas, qaynatish) Boʻyash jarayonini tezlatadi; 2) turli sirtlarga (devorlar, tunuka tomlar, pollar, derazaeshiklar, metall buyumlar va boshqalarga) boʻyoq surkash. Boʻyoq sirtga purkagichlar, Boʻyash apparatlari bilan purkaladi, qilli choʻtkalar, rezina roliklar bilan surkaladi. Boʻyaladigan sirtlarning xiliga (tunuka tom, pol, deraza va boshqalar), joyiga (ochiq havoda, xona ichida joylashganiga), materialiga (metallar, yogʻoch va boshqalar) qarab turli tarkibli boʻyoklar ishlatiladi (qarang Boʻyoqlar, Boʻyoq purkagich).
Manbalar
uz.wikipedia.org