Bo`yagichlar




Boʻyagichlar , boʻyovchi sintetik moddalar, rang — har xil mate riallarni turli rangga boʻyash uchun sintez usulida olinadigan organik moddalar. B.ga rangeiz birikmalar ham kiradi. Bunday birikmalar boʻyaluvchi moddalarga singdirilgach, rang hosil qiladi. B. ishlab chiqarish sanoati 1857-yilda movein ishlab chiqarish dan boshlangan. B. borabora boʻyovchi tabiiy moddalarni sanoatdan deyarli siqib chiqardi. Alizarin, indigo singari tabiiy boʻyoqlar esa sintetik yoʻl bilan olina boshladi. B.dan movein, fuksin, texnik anilinni turli usullar bilan oksidlab olinganidan, ular "anilin boʻyoqlar" ham deyiladi. Hozir boʻyashda asosan B.dan foydalaniladi. B. aromatik uglevodorodlar — benzol, naftalin, anilin, benzidindan olinadi. Rang va uning boʻyalmish materialda qaror topishi, rangning obhavo va boshqa tashqi taʼsirlarga chidamliligi boʻyovchi sintetik moddalar va boʻyalmish materialning kimyoviy xususiyatiga bogʻliq. B. 2 tasnif boʻyicha belgilanadi. Kimyoviy tasnifda kimyoviy tuzilish va xususiyatlar oʻxshashligi (nitro, nitrozo, azo, arilmetan, indigoid B. va h. k.), texnik tasnifda esa qanday maqsadda (gazlama B., moʻyna B., yogoch B. va h.k.) va qay xilda (kislotali, asosli, sinovchi va boshqalar) qoʻllanilishi asos qilib olinadi. B.ning 5000 dan ortiq turi ishlab chiqariladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz