Bo'y o'sishi




Boʻy oʻsishi  — hujayralar, shuningdek, hujayra boʻlmagan tuzilmalar soni va massasining ortishi hisobiga organizm yoki tana aʼzolari hajmi va massasining oʻsib borishi. U asosan odam bosh miyasining pastki ortigʻi, qalqonsimon, jinsiy bezlarning gormonlari taʼsirida amalga oshadi.

Odamda boʻy oʻsishi



Odamning oʻsishi muhit va irsiy omillarga bogʻliq. Boʻy oʻsishining uch davri farq qilinadi: 1) tugʻilgandan voyaga yetguncha boʻlgan davrda oʻsish — ancha sust; 2) voyaga yetgan davrda oʻsish — jadal va barqaror; 3) bundan keyingi davrda oʻsish — juda sust yoki deyarli toʻxtaydi. Oʻsish asosan erkaklarda 18-20, ayollarda esa 16-18 yoshda toʻxtaydi. Ichki serketsiya bezlari faoliyatining buzilishi tufayli oʻsishning toʻxtash hollari uchraydi. Bolalar boʻyi tabiiy ravishda oʻsib boradi, ammo ayrim hollarda ushbu oʻsish sekinlashadi yoki umuman toʻxtab qoladi.

Tabobat tavsiyalari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz