Boxtar (Tojikiston)




Boxtar (tojikcha: Бохтар) — Tojikiston Respublikasidagi shahar. Qo’rg’ontepa viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh daryosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanbe shahridan 99 km janubda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi (Boxtar orqali Termiz — Yovon temir yoʻli oʻtgan). Aholisi 107,4 ming kishidan ziyod (2016).

Tarixi




Yozma manbalar va arxeologik topilmalar tasdiqlashicha kushonlar davrida 1—4-asrlarda vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. 7—8-asrlarda shahar xalifalik tarkibida, 13-asrdan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. 16-asrda shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hozirgi nomi tarixiy manbalarda ilk bor 17-asrdan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi.

Ijtimoiy soha



Transformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy zavodlari, non, goʻsht, don mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, "Tojikatlas" korxonasi, tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi ishlab turibdi. Pedagogika universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tibbiyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida Ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz